empty
 
 

InstaForeks InstaCopy tizimi ayrim Foreks treyderlarga boshqa muvaffaqiyatli Foreks treyderlarning bitimlaridan nusxa olish ga imkon beradi. Muvaffaqiyatli treyderlarning manfaati shundan iboratki, ular o'z xizmatlari uchun mukofot yoki obunaga komissiya olishadi.

InstaCopy tizimi ishtirokchilarini obuna bo'lish ob'ektlari sifatida ishtirok etadigan omadli Foreks-treyderlarni mukofotlashning bir necha turlari mavjud. Bu usullardan har birini InstaCopy ishtirokchisi o'zining mijozlar kabinetida o'rnatishi mumkin, shunday qilib, obunachiga quyidagi rejalardan biri taklif etiladi:

  • obuna davri uchun to'lov (to'lov obunachilardan har 24 soatda olinadi);
  • ForexCopyda bitimga obuna doirasida ochilgan har bir bitim uchun to'lov;
  • obunachi tomonidan olingan foydaning foizi ko'rinishida to'lov;
  • ham foyda, ham zarar bilan yopilgan, ko'chirilgan barcha bitimlar lotlarining hajmlari uchun to'lov;
  • bepul nusxa ko'chirish (InstaCopy Treyderning xizmatlari broker tomonidan savdo qilingn lotlarning hajmlariga komissiya ko'rinishida to'lanadi).

Obunaning har bir varianti parametrlari InstaCopy tizimi treyderi tomonidan uning shaxsiy kabinetida sozlanadi, salohiyatli obunachilarga esa obuna qilish paytida ishtirokchi belgilagan rejalardan biri taklif etiladi. To'lovning har bir varianti tizimning har bir ishtirokchisining shaxsan har bir InstaCopy obunasi uchun amal qiladi: aynan bitta InstaCopy treyderi o'zi turli xil obunachilardan har xil o'tkazmalar ko'rinishida to'lovlar olishi mumkin: obuna bo'lish sutkasi uchun, bitim uchun yoki foydaning foizi ko'rinishida.

Tizim ishtirokchisi uchun InstaCopy obunasini to'lash variantlarini o'zgartirish va salohiyatli obunachilarga InstaCopy tizimi treyderi - ishtirokchisi bitimlariga treyderni tanlash imkoniyatini taqdim etish obuna jarayonining ikkala ishtirokchi tomonlari uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratishga imkon beradi: kim uchundir obuna qiymatini faqat foyda olingan holdagina to'lash muhimroq (obuna natijasida foydaning foizi uchun to'lov), kimgadir omadli treyderga har bir bitim uchun haq to'lash qulayroqdir. Tanlov erkinligi va taklif erkinligi - bu InstaCopy tizimining boshqalardan ajratib turadigan va uni faqat xususiy savdo vositasidagina emas, balki undan boshqa treyderlar ham nusxa ko'chirish uchun imkoniyat yaratishni istovchi treyderlar uchun maksmal darajada jozibali qiladi.

Shuningdek quyidagilarni ham ko'ring

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.